G‘alla ekish ishlarining borishi o‘rganildi
Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda bo‘sh yer maydonlarda urug‘ sepish jarayonlari tashkil etilgan. Asosiy e’tibor yog‘in-sochinli kunlar boshlanishidan oldin ekishni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, sovuq mavsum kirib kelguncha uni undirib olishga qaratilgan.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlarida bo‘lib, g‘alla ekish ishlarining borishini o‘rgandi. Joylarda agrotexnik talablarga to‘liq rioya etish, tuproq va iqlim sharoitlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini tejamkorlik bilan ishlatish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. 29.10.2025-yil
Surxondaryo viloyatidagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va pudratchilar shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini ortig'i bilan bajardilar.
Surxondaryo viloyatidagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va pudratchilar jami 89,3 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirib, kuni kecha davlat ehtiyojlari uchun 267 ming 287 tonna tovar donni muvaffaqiyatli yetkazib berishdi va shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini ortig'i bilan bajardilar.

Bugun vohadagi g‘allakorlarning bu zafarlari munosabati bilan ularni qutlash va mashaqqatli mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bayram tadbirlari tashkil etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanidagi tadbirda ishtirok etib, videokonferensaloqa orqali barcha tuman g‘allakorlarini ushbu zafar bilan samimiy tabrikladi.
More products

© “Сурхондарёдонмаҳсулотлари” АЖ
web-sahifa: www.surxondon.uz
Made on
Tilda